Rossiyalik taniqli boshlovchi Lera Kudryavseva Toshkentga keldi. Bu haqda boshlovchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Lera CAFB (Markaziy Osiyo moda blogi) onlayn-jurnalining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan.
Grimchi Renata Iskandarova ham Lera Kudryavseva bilan tushgan suratini o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.
Onlayn-jurnalning bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda o‘zbek shou-biznesi vakillari, xususan, aktrisa Shahzoda Matchonova, qiziqchi Halima Ibragimova ham ishtirok etgan.
Izoh (0)