Yamanning Adan shahri xavfsizlik xizmati rahbari mayor Shallol Ali Shoiya iste’foga chiqishga qaror qildi. Shahar yaqinidagi harbiy bazada ro‘y bergan terakt bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchilar soni 49 kishiga yetdi.
Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)