Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan hayvonot bog‘i qarovchisi Gerda laqabli urg‘ochi yo‘lbarsni adashib chiqarib yuborib, o‘zi jarohat oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 17-dekabr kuni ertalab xodim volyerni tozalash uchun kirgan. Bu payti volyerdagi ikki yo‘lbars — Amadey va Gerda ikkinchi xonaga o‘tib turgan.
Ammo xodim eshikni qulflamagani uchun Gerda tashqariga chiqib ketgan. Xavotirga tushgan nazoratchi Amadey o‘tirgan volyerni qulflashga uringan. Ammo buni ko‘rgan Gerda juftini himoya qilaman deb uni yulib olgan.
Shifokorlar jarohat jiddiy emasligini tasdiqladi.
Gerdagi uyqu dorisi ukol qilinib, volyerga olib kirildi.
Izoh (0)