Rim papasi Fransisk avliyo Pyotr maydonidagi uysizlardan 8 nafarini nonushtaga taklif etdi. Katoliklar peshvosining 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan Vatikandagi u yashaydigan “Avliyo Marta uyi” mehmonxonasida Argentinaning an’anaviy shirinliklari tortildi. Bu haqda Vatikan matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Shuningdek, 17-dekabr, shanba kuni ehtiyojmandlar bepul ovqatlantiriladigan xayriya oshxonalarida ham papa yubileyi sharafiga shirinliklar taklif etildi. Bu Fransisk tug‘ilgan kunini boshpanasiz kishilar bilan birga nishonlayotgan birinchi holat emasligi ta’kidlanmoqda.
Vatikan matbuot xizmatiga ko‘ra, Rim papasi yubileyi munosabati bilan butun dunyodan 50 mingta tabrik oldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)