Mali parlamenti mamlakatning sobiq prezidenti Amadu Tumani Turega nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ashga qarshi ovoz berdi. Bu haqda AFP manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Deputatlar sobiq davlat rahbari ishi bo‘yicha yopiq ovoz berish o‘tkazdi. Ulardan 104 nafari jinoiy ish ochilishiga qarshi chiqdi, 5 kishi buni ma’qulladi, 6 deputat esa betaraf qoldi”, — deya ma’lum qildi agentlikning parlamentdagi manbasi.
Ture 2002-yil iyunida prezidentlik lavozimini egallagandi. 2012-yil martida kapitan Amadu Sannogo boshchiligidagi zobitlar guruhi tomonidan hokimiyatdan chetlatildi.
Sobiq davlat rahbari mamlakatning shimoliy mintaqalaridagi radikal va terrorchi guruhlarga qarshi kurash olib borishni istamagani uchun davlatga xiyonatda ayblangandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)