Hindistonning Avrangobod shahrida istiqomat qiluvchi biznesmen yagona qizining to‘yiga o‘ziga xos sovg‘a qildi. Bu haqda, The Hindu nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ajay Manot ismli tekstil magnati o‘ziga tegishli ikki akr yerda boshpanasiz insonlar uchun 90 ta uy qurib berdi, bu ishga 8 million rupiya (120 ming dollar) sarfladi.
25 kvadrat kilometr yerni egallovchi har bir uyda ikkita deraza va ikkita eshik bo‘lib, u elektr quvvati va sanitariya jihozlari bilan ta’minlangan.
Ushbu uydan foydalanishga nomzodlar uchta talabga javob berishi lozim: rostanam qashshoq bo‘lishi, kulbai vayronalarda istiqomat qilishi hamda zararli illatlarsiz, shukronalik bilan hayot kechirishi (ichmasligi, chekmasligi, giyohvand bo‘lmasligi).
Boyvachchaning qizi Shreya Manot hamda uning turmush o‘rtog‘i to‘y marosimidan so‘ng uylarning kalitlarini yangi egalariga tantanali ravishda topshirdi.
“Men otamning qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bu eng yaxshi to‘y sovg‘asi bo‘ldi”, — dedi Shreya, otasining tashabbusiga izoh berarkan.
Izoh (0)