Ukrainaning Chernigovskiy viloyatida yashovchi fermer “Priluki” harbiy aerodromi uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlandi. Bu haqda Chernigovskiy viloyati prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Ruxsat beruvchi birorta ham hujjatga ega bo‘lmagan holda fermer 63 gektar yerdan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalangan.
Ismi oshkor etilmagan fermer yer uchastkasida qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirgan. Prokuraturaning ma’lum qilishicha, fermer shu tariqa davlatga 1 million grivendan ortiq (38 ming dollar atrofida) zarar yetkazgan.
Unga ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi xavf solmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)