“Qurilish san’ati” arxitektura fototanloviga berilgan minglab arizadan faqat 15 nafar finalchi tanlab olindi, deb yozadi TJournal.
Quyida finalchilarning ishlari va ularning suratlarga qoldirgan izohlari bilan tanishishingiz mumkin.
Mikelle Palatsso: Nyu-Yorkning mashhur osmono‘par binosi — Fletayron-bilding qor qoplagan shahardan xuddi ulkan kema burnidek suzib chiqmoqda
Aleksandr Nesterovskiy: Ushbu surat arxitektura va tabiat kesishuvi timsolidir
Senad Taxmaz: Arxitektura elementining noodatiy, minimalistik ko‘rinishi
Roman Robruk: Ar-deko uslubida qurilgan yagona nusxadagi apparatxona
Barbara Rossi: Men vayronkorlikni gavdalantirdim. U transformatsiya, harakat va go‘zallik ramzi
Mark Grassi: 2016-yilning iyunida Larung Garda barchasi o‘zgarib ketdi. Sharqiy-Tibet Larung Gari buddistlarning dunyodagi eng yirik manzilgohi edi. Iyun oyida u Xitoy hukumati tomonidan vayron etildi.
Jina Soden: Mavritaniya arxitekturasining ajoyib namunasi — bularning barchasi italyancha saroyda.
Jonaton Ualland: Yorug‘likning mavjud emasligi suratkash urg‘u bermoqchi bo‘lgan narsaga tomoshabinlar diqqatini tortish uchun qo‘llangan holat.
Shibasish Saxa: Oilalarini boqish uchun ter to‘kib ishlayotgan erkak va ayollar
Enrike Gimenez-Velilla: Ushbu surat rivojlanayotgan mamlakatlar qurilishlarida ishlayotgan barcha ishchilarga o‘ziga xos hurmat belgisi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)