Tabiiy mo‘yna narxining keskin tushib ketishi tufayli Buyuk Britaniyada u sintetikadan arzonlab ketdi, va endilikda ayrim ishlab chiqaruvchilar va riteylerlar quyon, tulki yoki qorakuzan mo‘ynasini sun’iy mo‘yna deb xaridorlarni aldashi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. Bundan Humane Society International UK Britaniya jonivorlarni himoya qilish jamiyati o‘tkazgan tekshiruv natijalari dalolat bermoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
Britaniyaliklar oxirgi paytlarda axloqiy qadriyatlar nuqtai nazaridan jonivorlar mo‘ynasidan tikilgan kiyim va buyumlardan voz kechmoqda. Mamlakatda 2003-yilda mo‘ynali jonivorlarni boqish taqiqlangan.
“Biz britaniyaliklarning mutlaq ko‘pchiligi axloqiy sabablarga ko‘ra mo‘ynadan bo‘lgan mahsulotlarni sotib olishni istamasligini bilamiz, ammo shaharlarimiz ko‘chalarida tabiiy mo‘yna borgan sayin ko‘paymoqda. Iste’molchilarni aldab, ularga tabiiy mo‘yna sotilmoqda”, — dedi Humane Society International UK direktori Kler Bass.
Aldov asosan mo‘ynadan ishlangan kichik buyumlar va detallarga oid bo‘ladi. Popuklar, yoqalar, turli bezaklar shular jumlasidandir.
Izoh (0)