Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada IShID jangarilari tomonidan tayyorlangan teraktlar seriyasining oldini oldi. Bu haqda, idora xabariga asoslanib, “Gazeta.ru” ma’lum qildi.
Diversion guruh Tojikiston va Moldova fuqarolaridan iborat bo‘lgani aytilmoqda. Ular katta qudratga ega qo‘lbola portlovchi uskunalar yordamida terrorchilik aktlari o‘tkazishni rejalashtirgani aniqlandi.
FXXning ma’lum qilishicha, teraktlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bevosita IShIDning Turkiyadagi emissaridan kelgan.
Moskva shahrida guruhning to‘rt ishtirokchisi qo‘lga olindi. Tintuv asnosida ular joylashgan xonadondan qo‘lbola portlovchi uskuna komponentlari, avtomatik o‘qotar qurol hamda ko‘p miqdorda portlovchi moddalar topildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)