Suriyaning Aleppo shahri janubi-sharqidagi oxirgi manzillarini tark etayotgan terrorchi guruhlar vakillari o‘zlarining shtab binolariga o‘t qo‘ymoqda. “TASS”ning bildirishicha, shahar osmoniga quyuq tutun ko‘tarilmoqda.
Aytilishicha, jangarilar nafaqat hujjatlar va tashkiliy texnikani, balki oziq-ovqat zaxiralarini ham yo‘q qilmoqda.
Shaharning Suriya armiyasi o‘rab olgan janubi-sharqiy kvartallarini 12 ming kishi tark etishi kutilmoqda. Shuning taxminan 4 ming nafari jinoiy to‘dalar a’zolari, qolganlari esa ularning oila a’zolari hamda tirik qalqon sifatida qo‘llangan tinch aholi vakillaridir. Amnistiyadan foydalangan holda hukumatga taslim bo‘lishni istamagan jangarilar maxsus ajratilgan koridor orqali qurolli muxolifat qo‘lidagi Idlib viloyatiga yo‘l oladi.
Izoh (0)