Retushchi Erik Almas 17-asr rassomi, niderlandiyalik Yan Vermeerning yo‘qotilgan “Konsert” (1663) kartinasini Adobe Photoshop yordamida qayta tikladi. Bu haqda Gizmodo nashri ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Almas polotnoning skanerdan chiqarilgan nusxasiga asoslandi. U o‘z ishida 240 ta turli fon tasvir va suratlardan foydalandi va ular qismlaridan butun ko‘rinishni yig‘di.
“Konsert”ning yakuniy PSD-fayli 898 ta qatlamdan tashkil topdi va bu ish retushchidan uch hafta vaqt talab qildi.
“Konsert” 1990-yilning 18-martida Boston muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Politsiya kiyimidagi bir nechta o‘g‘ri 13 ta kartinani o‘g‘irlab ketgan va ular orasida Vermeerning polotnosi ham bor edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)