Gollandiyaning Puckey va Moniker dizayn studiyalari Radio Garden interaktiv xaritasini yaratdi. Xarita yordamida turli mamlakatlar radiosini tinglash mumkin, deb yozadi Meduza.
“Siz Kanzasda so‘zlashuv uslubidagi Efiopiya stansiyasini yoki Janubiy Koreyada Amerika radiosi to‘lqinini tutib olishingiz mumkin”, — deydi Radio Garden yaratuvchilaridan biri Jonatan Paki.
Loyiha Niderlandiya ovoz va tasvir instituti uchun ishlab chiqildi. Radio Garden’ga klassik stansiyalar bilan bir qatorda onlayn-radiolar ham kiritilgan. Yaratuvchilarning ma’lum qilishicha, vaqt o‘tishi bilan xaritadagi nuqtalar Osiyo va Afrika foydasiga ko‘paygan. Hozirgi paytda Radio Garden’dagi aksariyat radiostansiyalar Yevropa va Amerikada joylashgan.
Pakining so‘zlariga qaraganda, Radio Garden foydalanuvchilarga radio chegara bilmasligini ko‘rsatishi lozim. Buning uchun yaratuvchilar dunyoning siyosiy xaritasidan emas, sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan suratdan foydalandi. Unda davlatlar o‘rtasidagi chegaralar ko‘rinmaydi.
Xaritaga hozircha Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha faqat Afg‘oniston, Pokiston va Hindistondagi bir qator radio nuqtalar kiritilgan bo‘lib, ularning ro‘yxatida o‘zbek radiokanallari yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)