HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida ikkita yangi telefonni taqdim etdi, deb yozadi TJournal. Bular Nokia 150 va uning ikkita SIM-kartali versiyasi Nokia 150 Dual SIM bo‘ldi.
Nokia 150 2,4 dyuymli va 240×320 pikselli displey, yorug‘lik diodli vspishkasi bo‘lgan bitta VGA kamerasi, hajmi 32 gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi uchun slot va 1020 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.
Ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, avtonom rejimda Nokia 150 suhbat rejimida 22 soatgacha, kutish rejimida esa 31 kungacha ishlashi mumkin. Nokia 150 Dual SIM esa kutish rejimida 25 kun ishlay oladi.
Ko‘ngilochar funksiyalardan yangi Nokia telefonlarida FM radio va MP3 pleyer, shuningdek, “Ilon” kabi klassik o‘yinlar o‘rnatilgan.
Ikkala model uchun ham tavsiya etilgan narx 26 dollarni tashkil qiladi. Qurilmalar 2017-yilda Yevropa, Osiyo va Afrikada sotuvga chiqishi kerak.
Izoh (0)