Oyog‘i kesib tashlangan odamlarga yordam beruvchi Amputee Coalition of Ameriсa tashkiloti oyog‘i protez qilingan ikki yoshli Avrora Kayro haqidagi hikoyani noyabr oyi boshida ijtimoiy tarmoqda chop etdi. Bir oy o‘tib qizcha internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushdi. Bu haqda BuzzFeed ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Avroraning onasi homiladorligining beshinchi oyida qizida qo‘l-oyoqlar rivojlanmay qolishi bilan bog‘liq tug‘ma xastalik aniqlandi. Qizaloq dunyoga kelgandan keyin shifokorlar uning oyog‘ini kesib tashladi va u protezdan foydalanishga ko‘nikib ketdi.Avrora gimnastika va suzish kurslarini muvaffaqiyatli o‘tgan, shuningdek, yugurish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
Dekabr boshida qizaloq Instagram’da mashhur bo‘la boshladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar qizning xushchaqchaqligidan ruhlanganligi va qizaloq haqiqiy kuchli inson ekanligini ma’lum qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)