“Barselona” futbolchilari Qatar poytaxti Doha shahrida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga qarshi Qatar Airways Cup Match of Champions o‘rtoqlik turniri doirasida maydonga tushdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi qayt qilib yubordi, deb xabar bermoqda Marca.
Argentinalik futbolchi mazkur holatdan so‘ng suv ichib olishga majbur bo‘ldi va o‘yinni davom ettirdi. Maydonda yarim soat harakat qilgan 29 yoshli futbolchi o‘z o‘rnini Denis Suarezga bo‘shatib berdi.
Mazkur uchrashuvda kataloniyaliklar 5:3 hisobida zafar quchdi, Messi esa gollardan biriga mualliflik qildi.
Messining maydonda qayt qilish holati birinchi marta kuzatilmayapti. 2011-yili “Real”ga qarshi Ispaniya Superkubogi o‘yinida argentinalik futbolchi qusib yuborgandi.
Germaniyaga qarshi JCh–2014 finalida ham Argentina terma jamoasi hujumchisi o‘yin vaqtida qayt qilgan edi.
2016-yilning oktabr oyida “Deportivo” bilan o‘yinda zaxirada qolgan Messi oshqozonidagi muammo tufayli o‘shanda ham qusgandi.
Messining qayt qilish holatlari tez-tez kuzatilishiga qaramay, shifokorlar uning ahvoli yaxshi va u sog‘lom ekanini ta’kidlmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)