Gollivud aktrisasi Jennifer Lourens suratlarda uning yuzini berkitgan hamkasbi Kris Prattdan alamini oldi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Yo‘lovchilar” (original nomi — Passangers) filmining promo-kampaniyasi vaqtida kinokartinada bosh rolni ijro etgan Gollivud aktyori Kris Pratt suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Jennifer Lourens ustidan hazil qilib yurdi.
Aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Lourens bilan tushgan suratlarini yukladi. Ammo ularning barchasida aktrisaning yuzi berkitilgan edi.
Matbuot anjumanlaridan birida, Kris Pratt bu ishni Jennifer Lourensning muxlislari ko‘p bo‘la turib, uning ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari yo‘qligi uchun atayin qilganini ma’lum qildi.
26 yoshli aktrisa Jimmi Kimmelning shou dasturida Kris Pratt olgan suratlarni ko‘rib, undan alamini olishga qaror qildi. Lourens va Kimmel “Yo‘lovchilar” filmining posteri tushirilgan avtobusdagi Prattning suratini bo‘yab tashladi.
Ma’lumot uchun, Jennifer Lourens 2013-yili “Mening yigitim telba” komedik kinokartinasidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
2016-yilning avgust holatiga ko‘ra, Jennifer Lourens Forbes talqini bo‘yicha eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisa deb topilgandi. Kris Pratt esa 2016-yilning eng ko‘p daromad keltirgan aktyorlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)