Avstraliyaning Melburn shahri politsiyachilari yetti soat davomida gumonlanuvchidan qurshab olingan uydan chiqishni talab qildi. Biroq uning uyda emasligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Politsiya 12-dekabr, dushanba kuni tonggi 9:30 da gumonlanuvchi borligi haqida ma’lumot yetkazilgan uyni qurshab oldi. Uyda olib borilayotgan surishtiruvga aloqador shaxs bo‘lishi kerak edi.
OAVlar tartib qo‘riqchilari uydan chiqishdan bosh tortayotgan odam bilan bog‘lanishga urinayotganligini ma’lum qilgan edi.
Gumonlanuvchidan javob olishga erisha olmagan politsiya 16:30 da uyga bostirib kirdi. Biroq ichkarida hech kim yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Umuman olganda, operatsiya samarasiz o‘tmadi. Politsiya u yerdan olib qochilganligi taxmin qilinayotgan mashina va mototsiklni topdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)