AQSh harbiy-dengiz kuchlari Tinch okeani floti qo‘mondoni admiral Garri Xarris Vashington, zarur bo‘lsa, Janubiy Xitoy dengizida XXRga qarshi turishga tayyorligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Biz umumiy makon bir tomonlama tartibda yopilishiga yo‘l qo‘ymaymiz, Janubiy Xitoy dengizidagi sun’iy orollarda qurilgan bazalar sonidan qat’iy nazar. Biz imkon bo‘lgancha hamkorlik qilamiz, lekin zarur bo‘lsa, qarama-qarshilikka ham tayyormiz”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Izoh (0)