13-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning davomida senatorlar O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan ma’ruzasida ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, chet el investitsiyalari va turizm yo‘nalishlaridagi faoliyatini rivojlantirish va jadallashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi UzReport.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, jahon miqyosida milliy manfaatlarni himoya qilish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mamlakat mintaqalariga chet el investitsiyalari va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish, mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlash maqsadida Senatning tashqi siyosat masalalari qo‘mitasini xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, chet el investitsiyalari va turizm qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, ilgari xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir lavozimidan ozod etildi, Sodiq Safoyev esa Senat raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Izoh (0)