Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya KXDRga qarshi sanksiyalar realizatsiya yo‘lida yaqindan hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishdi. Buning uchun ushbu cheklovlar haqida axborot almashish tizimi yaratiladi. Bu haqda uch mamlakatning Shimoliy Koreya yadroviy muammosi bo‘yicha maxsus vakillari Kim Xon Gyun, Jozef Yun va Kendzi Kanasugi Seulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Bundan tashqari, tomonlar KXDR uyushtirishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalarni e’tiborga olgan holda ogohlikni oshirishga qaror qildi.
“Shimol bilan muloqot uchun eshiklarimiz ochiqligicha qoladi, u yadroviy dasturdan voz kechishga samimiy harakat qilgan taqdirda”, — ma’lum qildi Kim Xon Gyun.
Izoh (0)