AQShning Google korporatsiyasi rulsiz va pedallarsiz ishlaydigan haydovchisiz avtomobil yaratish fikridan qaytdi. Buning o‘rniga kompaniya boshqa avtomobilsozlar bilan hamkorlikda 2017-yilga qadar mashinalardan birgalikda foydalanish bo‘yicha avtonom servisni ishga tushirishga qaror qildi, deb xabar beradi TJournal.
Google Fiat Chrysler Automobiles kompaniyasi bilan bu borada kelishuv imzolab bo‘ldi. Ular birgalikda yuzlab Pacifica gibrid minivenlarini yaratadi. Ushbu mashinalar nomuntazam tijoriy foydalanishga mo‘ljallanadi.
Ilgari Google o‘z modelini yaratishga hamda Lexus krossoveri asosida o‘zi boshqariluvchi mashina yaratishga uringan edi.
“Haydovchisiz loyiha”ning ilgari rahbari — Kris Urmson kompaniyani 2016-yil avgustida tark etgani bois endilikda ishlanmalarni boshqa jamoa olib boradi.
Izoh (0)