Shveysariyaning Nyon shahrida 12-dekabr, dushanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 1/8 final juftliklarini aniqlash uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, nimchorak finalda quyidagi juftliklar o‘zaro bahs olib boradi.
“Manchester Siti” – “Monako”
“Real Madrid” – “Napoli”
“Benfika” – “Borussiya” Dortmund
“Bavariya” – “Arsenal”
“Portu” – “Yuventus”
“Bayer” – “Atletiko Madrid”
“PSJ” – “Barselona”
“Sevilya” – “Lester”
Guruhdan ikkinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqqan klublar dastlabki o‘yinlarni o‘z maydonida o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, YChL nimchorak final ilk o‘yinlari 14–15 va 21–22-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 7–8 va 14–15-mart kunlari o‘tkaziladi.
Qayd etish joiz, bir guruhdan chiqqan hamda bir mamlakat federatsiyasi a’zolari bo‘lgan klublarning bir-biriga to‘qnash kelishining oldi olindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)