Virgin aviakompaniyasining Dehli-London reysini amalga oshirayotgan samolyoti Moskvaning “Domodedovo” aeroportida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Uning bortida ketayotgan Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lmish ayol olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
Parvoz chog‘ida keksa ayol o‘zini yomon his eta boshlagani bois havo kemasi komandiri favqulodda qo‘nishga qaror qildi, samolyot Moskva havo zonasida bo‘lgani bois qo‘nish shahar aeroportlaridan biriga amalga oshirildi.
Ammo samolyot qo‘nguniga qadar ayol olamdan o‘tdi.
Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
O‘tgan oyda shunga o‘xshash voqea Moskvaning boshqa aeroporti — “Vnukovo”da ham ro‘y bergan edi.