Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pentagon rahbari Eshton Karter 11-dekabr, yakshanba kuni Mosulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyaning borishini baholash uchun Iroqqa e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, vazir amerikalik harbiy boshliqlar, IShIDga qarshi koalitsiya qo‘mondonligi va Iroq rahbariyati, shu jumladan, bosh vazir Haydar al-Obodiy bilan uchrashadi.

Iroq hukumat kuchlari ko‘ngilli askarlar va AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi ko‘magida  oktabr o‘rtalaridan Iroqning ikkinchi eng yirik shahri Mosulni IShID terrorchilik guruhidan ozod qilish bo‘yicha operatsiyani olib bormoqda.

Bahraynda yaqinda Pentagon rahbari IShID bilan kurashayotgan Suriya muxolifati otryadlarini tayyorlash va o‘qitish uchun Suriyaga qo‘shimcha 200 amerikalik harbiyni yuborish qarori haqida e’lon qildi.

Suriyada hozirda Amerikaning 300 nafar maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilar bor. Iroqda esa 5 mingga yaqin amerikalik harbiy bor.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...