Shveysariyaning Rinspeed kompaniyasi o‘simliklar yetishtirish uchun bog‘ bilan jihozlangan elektrokar konseptini namoyish etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Konsept Oasis nomini oldi. Uning asosiy o‘ziga xos jihati mashina old oynasi ostida o‘simlik yetishtirish mumkin bo‘lgan maxsus bo‘lma mavjud. Panel o‘z iqlim nazorati va gidroponika bilan ta’minlangan.
Unda dekorativ o‘simliklar bilan bir qatorda meva va sabzavotlar ham yetishtirish mumkin bo‘ladi.
Elektrokar boshqaruvi harakatlar va ovoz buyruqlarini anglay oluvchi tizimga ega qayrilma 5K-displey yordamida amalga oshiriladi. Rul chambaragini yig‘ib, stolga aylantirish mumkin. Rul kolonkasi esa mexanik soat bilan bezatiladi.
Elektrokardan karshering uchun mashina sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda. Uni 2017-yilning yanvarida Las-Vegasdagi maishiy elektronika — CES ko‘rgazmasida namoyish etish rejalashtirilmoqda.
https://www.youtube.com/watch?v=WHH9bs-9scw
Izoh (0)