Qirg‘iziston saylov tizimi isloh etilganini va shu yo‘l bilan saylov jarayoni shaffofligini ta’minlay olganini amalda isbotlab berishi lozim. Bu haqda mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev respublika bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov va Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz Qirg‘iziston toza saylovlar o‘tkaziladigan, referendumlar va saylovlar taqdirini fuqarolarning o‘zlari bevosita ovoz berish yo‘li bilan hal etadigan mamlakat ekanligini yana bir bor ko‘rsatishimiz lozim. Xalq hokimiyati prinsiplarining o‘rnatilishi esa mamlakat barqarorligi, uning izchil rivojlanishi va muvaffaqiyati asosidir”, — ma’lum qildi davlat rahbari.
Atambayev, shuningdek, hukumat va MSK yaqinda bo‘lib o‘tadigan referendum va mahalliy hokimiyat organlari deputatligiga saylovlarda fuqarolar o‘z xohish-irodasini erkin ifodalashi uchun barcha sharoitlarni yaratish berishi zarurligini ta’kidladi.
Referendum yakunlariga ko‘ra Qirg‘izistonda keyingi yil dekabridan prezidentning vakolati qisqartirilishi, bosh vazir va parlament vakolatlari esa, aksincha, kengaytirilishi, shuningdek, sud va huquq-tartibot tizimlari islohoti o‘tkazilishi mumkin.
Izoh (0)