Namanganda Penchak Silat sport turi bo‘yicha O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri Temurmalik Vohidov ma’lum qildi.
Mazkur turnirda Namangan viloyatidagi 10 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Xotira turnirining g‘olib va sovrindoriga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)