Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga to‘liq yakun yasaldi.
Musobaqaning “E” guruhida kurash olib borayotgan Londonning “Tottenhem” klubi xalqaro maydondagi yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradi. “Shporlar” 1/8 finalga yo‘l olishi uchun “Monako” safarda “Bayer”ni mag‘lub etib berishi kerak edi. Biroq unday bo‘lmadi.
Qayd etish kerak, Maurisio Pochettino shogirdlari asosiy raqobatchilari bo‘lgan “Bayer” va “Monako”ga qarshi jami 4 ta bellashuvning birortasida ham zafar qucha olmadi. Har ikkala g‘alaba Moskvaning “SSKA” klubiga qarshi o‘yinlarda qo‘lga kiritildi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “E” guruhi. 6-tur 7-dekabr, seshanba