Pichoq bilan qurollangan falastinlik erkak Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Isroil askarlariga hujum qildi, ammo askarlar o‘t ochib, uni o‘ldirdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Gumondor chegara qo‘shinlari askarlarining hech qanday ko‘rsatmalariga bo‘ysunmadi. Ular erkakni to‘xtashga chaqirsa ham, u pichoq bilan qurollangancha hujumni davom ettirdi. Askarlar o‘t ochib, uni zararsizlantirdi”, — deb ma’lum qildi politsiya vakili.
2015-yil sentabrida Falastin-Isroil qarama-qarshiligi keskin tus oldi. Shundan buyon Isroil va Iordanning g‘arbiy sohilida turli qurollar vositasida 300 dan ortiq hujumlar uyushtirildi, buning oqibatida o‘nlab insonlar halok bo‘ldi.
Izoh (0)