BMT Bosh assambleyasi 2-mayni Butundunyo tunets kuni deb e’lon qildi va barcha mamlakatlarni baliqlarning mazkur turiga bag‘ishlangan sanani nishonlashga chaqirdi. Tegishli rezolyutsiya 7-dekabr kuni ovozga qo‘yishsiz qabul qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Hujjatda ta’kidlanishicha, dunyo bo‘yicha 80 dan ortiq davlat tunets ovlash bilan shug‘ullanadi va ularning aksariyati oziq-ovqat xavfsizligi, taomlanish, iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligi, davlat daromadi, hayot tarzi borasida baliqchilikka bog‘lanib qolgan.
Shu munosabat bilan Bosh assambleya barcha mamlakatlar, BMTning maxsus muassasalari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyatiga Butundunyo tunets kunini milliy ustuvorliklardan kelib chiqib nishonlash, baliqlarning ushbu turi nechog‘li qimmatli ekanligi, shu bilan birga, xavf-xatarlarga duch kelayotganidan xabardorlikni oshirishga chaqirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)