Fransiyaning Bazel-Myuluz-Frayburg aeroportiga qo‘nish chog‘ida ikki motorli Piper PA-34 yengil samolyoti halokatga uchradi. Buning oqibatida havo kemasi uchuvchisi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “TASS”.
Halokatga ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani bildirilmoqda: hodisa yuz bergan chog‘da aerodrom qalin tumanga burkangan va ko‘rish sezilarli darajada qiyinlashgandi.
Hozirda aeroport uchish-qo‘nish maydoni yopilgan, samolyotlarning jo‘natilishi to‘xtatilgan. Havo qo‘nalg‘asi halokatga uchragan samolyot bo‘laklari yig‘ishtirib olinganidan so‘ng faoliyatini tiklashi ma’lum qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)