Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelgusida faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlash va ko‘proq sayohat qilishni istashini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda

Foto: “NTV”

Foto: “NTV”

Bu haqda u Chelyabinskda, “Eterno” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi. Zavod ishchilaridan birining qanday orzusi borligi haqidagi savoliga Putin “Karyeramni muvaffaqiyatli yakunlashni istayman”, deb javob berdi. 

Shug‘ullanishni istaydigan mashg‘uloti bor-yo‘qligi haqidagi savolga javoban Putin sayohat qilishni yoqtirishini bildirdi. 

“Hozir barcha safarlarim shundan iboratki, aeroportga kelaman, samolyotda uchaman, keyin qaysidir binoga boraman, so‘ng yana aeroportga. Albatta, boshqacharoq sayohat qilish — tabiat qo‘ynida bo‘lish, tarixiy obidalarni ko‘zdan kechirishni istayman”, — deya ta’kidladi Rossiya prezidenti.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi