AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlar unga o‘z fikrini tezroq ifodalash imkonini berishi va bu jihatdan rasmiy relizlar va muxbirlar ishidan ustun turishini ma’lum qildi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida aytdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bu aloqaning zamonaviy shaklidir. Men ular orqali matbuot xabarnomasiga nisbatan tezroq fikrimni yetkazaman. Men vijdonsiz muxbirlar bilan ishlagandan ko‘ra ular orqali haqqoniyroq va samimiyroq fikr aytaman”, — dedi bo‘lajak davlat rahbari, Facebook va Twitter’ga munosabat bildirar ekan.
Bundan tashqari, Tramp Massachusets shtatining sobiq gubernatori Mitt Romni davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilayotganini tasdiqladi. Undan tashqari, bu lavozimga Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani va MRB direktori Devid Petreus da’vogarlik qilmoqda.
Izoh (0)