AQSh prezidentligiga saylangan Donald Trampning qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner Nyu-Yorkdan Vashingtonga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Bu haqda 5-dekabr, dushanba kuni CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telekompaniyaning ma’lum qilishicha, uch nafar farzandga ega oila AQSh poytaxtidan turar joy qidirishni boshlagan.
Ular Ivankaning otasi Donald Tramp 20-yanvar kuni davlat rahbarligi lavozimini bajarishga kirishgandan keyin ko‘chib o‘tishi taxmin qilinmoqda.
Amerika matbuotining ma’lum qilishicha, 35 yoshli Kushner qaynotasining g‘alabasida katta rol o‘ynagan. Tramp Oq uyga kelgandan keyin Kushner uning eng yaqin maslahatchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)