Livan armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi mamlakat shimolida qurollangan noma’lum kimsalar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda kuch tuzilmalaridagi manbasiga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
NNA milliy agentligining ma’lum qilishicha, Bekaa-Safrin tumanidagi harbiy qism hujumga duchor bo‘lgan. Jangarilarning biror guruhga a’zo ekanligi ma’lum qilinmadi. Hujum uyushtirganlar qidirilmoqda.Livan vaqti-vaqti bilan mamlakatga qo‘shni Suriyadan kirib keluvchi radikallarning nishoniga aylanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)