Nigeriyaning markaziy qismida joylashgan Niger shtatida dizel yoqilg‘isini olib ketayotgan yuk tashuvchi sisterna portlab ketishi oqibatida 14 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda 3-dekabr, shanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Niger shtati politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, 2-dekabr, juma kuni dizel yoqilg‘isini olib ketayotgan yuk tashuvchi sisterna haydovchi Tegina shahrida boshqaruvni yo‘qotib, boshqa avtomobilga va turar-joy binosiga urilgan. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. Uylari yona boshlagan fuqarolar va yo‘l yoqasidagi savdogarlar hodisa qurboniga aylangan.
Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)