Futbol bo‘yicha Qatar Yulduzlar Ligasining 9-turidan keyin ham o‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan “Al-Jaish” peshqadam bo‘lib turibdi.
Rashidov to‘liq o‘ynagan “Al-Ahli”ga qarshi bellashuvda Lukas Mendesning 86-daqiqada urgan goli yagona bo‘lib qoldi. Mazkur g‘alabadan keyin “Al-Jaish” 25 ochko bilan Yulduzlar Ligasida peshqadam bo‘lib turibdi.
Ispaniyalik futbolchi Xavi to‘p suradigan “As-Sadd” klubi 9-turda “Al-Xor”ni minimal hisobda mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona gol aynan Xavi tomonidan urildi. Hisobida 21 ochkosi bor “As-Sadd” ligada uchinchi bo‘lib turibdi.
9-turdan keyin Xavida ham, Sardor Rashidovda ham 4 tadan gol bor. Ligada “Lahviya” klubi a’zosi Al-Arabi 12 ta gol bilan to‘purar bo‘lib turibdi.
Izoh (0)