Boston Dynamics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Atlas roboti tayanch nuqtasini topishni va o‘nqir-cho‘nqir joylarda yurishni o‘rgandi, deb yozadi TJournal.
Har bitta qadamidan so‘ng robot yangi tayanch nuqtasini o‘rganib chiqib, o‘z og‘irligini ko‘chiradi. Muvozanatni saqlash uchun ishlab chiquvchilar “oyoqlar”ning tezkor harakatlarini qo‘llar harakati bilan uyg‘unlashtirdi.
Yangi videoda Atlas tartibsiz qo‘yib chiqilgan beton bloklardan iborat yo‘ldan muvaffaqiyatli tarzda yurayotgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Atlas roboti bir oyoqda turib muvozanat saqlashni o‘rgangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)