O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida “Olamsport” ma’lum qildi. Nashrning qayd etishicha, charm qo‘lqop ustasi professional boksda muvaffaqiyatli yurish qilmoqda.
Rossiya poytaxti Moskva shahridagi boks kechasida Ergashev belaruslik Ilya Rautskiyga qarshi ringga chiqqan hamda 2-raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratgan.
Aslida o‘zbekistonlik bokschi ugandalik Solomon Bogeraga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq Moskvadagi kecha tashkilotchilari jangni bir kun avvalga suribgina qolmay, Shohjahon Ergashevning raqibini ham o‘zgartirgan.
Rossiyalik murabbiy va promouterlar bilan ish olib borayotgan Shohjahon endilikda AQSh ringlarida jang qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)