Oyga qadam bosgan ikkinchi odam, sobiq astronavt Bazz Oldrin xastalik tufayli Janubiy qutbdan evakuatsiya qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
86 yoshli Oldrin Antarktidaga The White Desert firmasidan turist sifatida kelgan edi. U AQSh ilmiy-tadqiqot markaziga yetkazilgan edi.
Ammo sayohat davomida Oldrinning ahvoli yomonlashdi. Sobiq astronavt Janubiy qutbdan birinchi bort bilan evakuatsiya qilindi.
Antraktida turoperatorlari xalqaro uyushmasi xabariga ko‘ra, ayni paytda uning ahvoli barqaror. U shifokor nazorati ostida qolmoqda. Oldrinni davolash uchun Yangi Zelandiyaga yetkazishadi.
Izoh (0)