1-dekabr kuni noma’lum shaxs Janubiy Koreyaning oldingi prezidenti, bugungi prezidentning otasi Pak Chon Xining uyiga o‘t qo‘yib ketdi. Bu haqda, “Ryonxap” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yong‘in marhum davlat rahbarining Kumidagi uyida ro‘y berdi. Olovni 10 daqiqada o‘chirishga erishildi. Yong‘in oqibatida memorial zalga jiddiy ziyon yetdi.
Jinoyatga qo‘l urganlikda gumonlanayotgan 48 yoshli erkak hibsga olindi. U 2012-yilda Janubiy Koreyaning boshqa prezidenti memorialiga o‘t qo‘yishga ham aloqador bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)