Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) bortida Braziliyaning “Shapekoense” jamoasi futbolchilari ketayotgan samolyotning Kolumbiyada halokatga uchrashi munosabati bilan hamdardlik izhor qildi. Bu haqla tashkilot matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“UEFA Kolumbiyada sodir bo‘lgan fojiali aviahalokatdan chuqur afsusda. UEFA halokat oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, ‘Shapekoense’ klubi, Braziliya futbol federatsiyasi va Janubiy Amerika konfederatsiyasi (KONMEBOL)ga dalda izhor qiladi”, – deyiladi xabarda.
Rossiya futbol ittifoqi Kolumbiyada braziliyalik futbolchilar ishtirokidagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Pele va Maradona Kolumbiyadagi samolyot halokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi
“Paxtakor” futbol klubi Kolumbiyada aviahalokatga uchragan “Shapekoense” jamoasi yaqinlariga hamdardlik bildirdi
“Shapekoense” futbolchilari 1-dekabr kuni Kopa Sudamerikano – Janubiy Amerika mintaqasi klublari o‘rtasidagi Kopa Libertadores turniridan keyin nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan musobaqasi doirasida “Atletiko Nasyonal” klubiga qarshi maydonga tushishi kerak bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyadagi aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi.
Braziliyada aviahalokat qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)