Dunyoda 14 milliondan ortiq odam OITVga chalinganligini bilmaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tashkilotning Jenevada chop etilgan xabarida ma’lum qilinishicha, hozirgi paytda 18 milliondan ortiq odam retrovirusga qarshi davo muolajalarini olayotgan bo‘lsa, yana shuncha odam davolanish imkoniga ega emas.
Bugungi kunda OITVga chalingan odamlarning 40 foizi (14 milliondan ortiq) o‘zining kasalligi haqida bilmaydi. 2005-yildan 2015-yilgacha OITVga chalinganligidan xabar topgan odamlar soni 12 foizdan 60 foizga oshgan. Virus aniqlangan odamlarning 80 foizdan ortig‘i davolanmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti OITV mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun mo‘ljallangan to‘plamlarni tekin tarqatishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning yordamida uy sharoitida 20 daqiqa ichida virusga chalingan-chalinmaganlikni bilib olish mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)