Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “El-Klasiko”dan ishlangan barcha mablag‘ Kolumbiyada aviahalokatga uchragan Braziliyaning “Shapekoense” klubiga yo‘naltiriladi. Bu haqda, Midiario nashriga asoslanib, “TASS” ma’lum qilmoqda.
Boliviyadan Kolumbiyaning Medelin shahriga uchayotgan Lamia samolyoti 29-noyabrga o‘tar kechasi La-Unyon shahri yaqinida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 72 yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot ichida futbol bo‘yicha Braziliya A seriyasida harakat qilayotgan “Shapekoense” klubining 27 futbolchisi bo‘lgani ham xabar qilingandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Shapekoense” klubining ikki futbolchisi – zaxira darvozaboni Jekson Follmann va himoyachi Alan Rushel tirik qolgan. Qutqaruvchilar tomonidan tirik topilgan jamoaning asosiy posboni Danilo keyinroq shifoxonada jon berdi.
Qayd etish joiz, “Shapekoense”ning 9 nafar a’zosi Kolumbiya safaridan chetda qolgandi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko” 3-dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.
[playbuzz-item playbuzz_url="http://www.playbuzz.com/muhrima10/3-dekabrda-kim-g-alaba-qozonadi"]
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)