Daryo

“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “El-Klasiko” sanasiga oydinlik kiritildi

2016/17-yilgi mavsumning birinchi “El-Klasiko”si 3-dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish217 956 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty

Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv sanasi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Foto: Getty

2016/17-yilgi mavsumning birinchi “El-Klasiko”si 3-dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

“El-Klasiko”ning avvalgilarga nisbatan vaqtli boshlanishining sababi sifatida La Liga prezidenti Xavyer Tebas ko‘proq daromad olish ko‘zda tutilganini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, Xavyer Tebas Ispaniya futbol federatsiyasiga yangi prezident kelishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ispaniya futboli uchun kerak.

Hozirgi kunda Ispaniya futbol federatsiyasini 66 yoshli Anxel Mariya Vilyar boshqarib bormoqda.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar