Qalloblikda gumonlanayotgan Boliviya futbol federatsiyasi prezidenti Rolando Lopes hibsga olindi. Bu haqda La Razon nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Rolando Lopes San-Simon universitida ma’ruza o‘qigani uchun iyun oyiga maosh olgan. Ammo o‘sha vaqt u Boliviya termasi bilan AQShda, Amerika Kubogi–2016 turnirida bo‘lgan.
Rolando Lopes hujjatlarni qalbakilashtirish va o‘z vazifasini bajarmaslik yuzasidan ayblanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)