“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 13-turi doirasida “Vest Hem”ga qarshi o‘yin vaqtida texnik zonada suv idishini tepib yuborgani uchun bosh hakam Jonatan Moss portugaliyalik mutaxassisni zaxira o‘rindig‘idan chetlatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uchrashuvning 27-daqiqasida bosh hakam Pol Pogbaning simulyatsiyasi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatdi. Bundan g‘azablangan Mourinyo suv idishini tepib yubordi va zaxira hakamiga o‘z noroziligini bildirdi.
Natijada Jonatan Moss portugaliyalik murabbiyni zaxira o‘rindig‘idan chetlatdi. Mourinyo o‘yinni tribunadan tomosha qilishiga to‘g‘ri keldi.
“Manchester Yunayted” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Joze Mourinyo uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumagi kelmadi. 53 yoshli mutaxassisning o‘rniga uning yordamchisi Ruy Faria jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo “Byornli”ga qarshi Angliya chempionati 10-tur o‘yinida ham o‘zini nomunosib tutgani uchun texnik zonadan chetlatilgandi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” va “Vest Hem” o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)