“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Byornli”ga qarshi Angliya chempionati 10-tur o‘yinida texnik zonadan chetlatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Birinchi bo‘lim davomida portugaliyalik mutaxassis uchrashuv bosh hakami Mark Klattenburg bilan tortishib qoldi va buning oqibatida texnik zonadan chetlashtirildi. Ikkinchi bo‘limda Mourinyo jamoani stadion tribunasidan boshqarib turdi.

“Manchester Yunayted” va “Byornli” o‘rtasidagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.