AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, agar Kuba hukumati aholi turmush darajasini oshirish bilan shug‘ullanmasa, ushbu davlat bilan kelishuvni to‘xtatishini aytdi. Bu haqda “Interfkaks” xabar bermoqda.
“Agar Kuba xalqi uchun yaxshi sharoitlarga erishishga tayyor bo‘lmasa, men kelishuvga barham beraman”, — dedi u.
2014-yil dekabrida AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama Kongressdan Kubaga qarshi embargoni to‘xtatib, ushbu davlat bilan munosabatlarni tiklashni so‘ragan edi. 2015-yil yozida ikki tomon diplomatik aloqalarni qayta tiklashga kelishib oldi. 2016-yil martida 88 yildan beri birinchi marta AQShning amaldagi prezidenti Kubaga tashrif buyurdi.
Izoh (0)